Bugun “Nasaf-2” Haqqulobodning “Norin” jamoasi bilan bahs yuritadi

CHERY AUTO

 

Tecno

Bugun 1 may dushanba kuni mamlakatimiz stadionlarida O‘zbekiston Birinchiligi 7-tur uchrashuvlariga start beriladi.

Nurali Sultonov boshchiligidagi “Nasaf-2” jamoamiz o‘z maydonida “Norin” jamoasi bilan kuch sinashadi. Uchrashuv “Nasaf” futbol maktabi maydonida soat 16:30da boshlanadi. Mazkur uchrashuvni quyidagi hakamlar boshqarib boradi.

O‘zbekiston Birinchiligi, 7-tur

“Nasaf-2” (Qarshi) – “Norin” (Haqqulobod)

01.05.2017. “Nasaf” FM maydoni. 16:30da

Bosh hakam: Elyor Tursunov (Buxoro)

Qanot hakamlari: Maxmud Turdiev (Jizzax), Muzaffar Fayzullaev (Jizzax)

Zaxira hakami: Artyom Kalinin (Qarshi)

Nazoratchi: Elbek Musaev (Samarqand)

“Nasaf-2” jamoamiz joriy birinchilikda jami 6ta uchrashuv o‘tkazdi. Shulardan 2 uchrashuvda g‘alaba, 1 uchrashuvda durang va 3 uchrashuvda mag‘lubiyatga uchragan. Raqiblar darvozasiga 5ta to‘p kiritib. O‘z darvozalaridan 6ta to‘p olib chiqishgan. Jamg‘argan ochkolari soni 7ta. Jamoamiz hozircha turnir jadvalining 12-pog‘onasida bormoqda.

Bugungi raqibimiz “Norin” jamoasi esa 5ta uchrashuv o‘tkazgan. Ular 3 uchrashuvda g‘alaba, 1 uchrashuvda durang va 1 uchrashuvda mag‘lubiyatga uchrashgan. Raqiblari darvozasiga 6ta to‘p kiritib, o‘z darvozasidan 4ta to‘p olib chiqishgan. 10 ochko to‘plashib, turnir jadvalining 5-pog‘onasida borishmoqda.

Ushbu jamoalar o‘tgan yili dastlab “Norin” maydonida kuch sinashishgan, Bu uchrashuvda maydon egalari 2:0 hisobida g‘alabaga erishishgan. Ikkinchi davradagi Qarshida bo‘lib o‘tgan uchrashuvda esa “Nasaf-2” 3:1 hisobida g‘alabaga erishgan. So‘nggi uchrashuvdagi jamoamiz gollariga Dilshod Saitov va Javohir Ashurovlar (2) mualliflik qilishgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!