Bugun uch bokschimiz yarim final bahslarida ishtirok etadi

  • 07.11.2017 08:05
  • 0
  • Boks
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Vetnamda boks bo‘yicha xotin-qizlar o‘rtasida o‘tayotgan Osiyo chempionatining yarim final bahslari boshlandi.

Bugun, qit’a birinchiligida mamlakatimiz sharafini himoya qilayotgan Yodgoroy Mirzaeva vazni 57 kilogrammgacha bo‘lgan bokschilar o‘rtasidagi bellashuvlarda hindistonlik Soniya Lazer bilan kuch sinashadi.

Musobaqaning 81 kilogrammgacha vazn toifasida esa hamyurtimiz E’zozaxon Melieva mezbonlar sharafini himoya qilayotgan Ti Nguen Xongga qarshi final yo‘llanmasini qo‘lga kiritish uchun ringga ko‘tariladi. Shuningdek, yarim finalda vazni 81 kilogrammdan yuqori bo‘lgan Go‘zal Ismatova hindistonlik Sima Puniya bilan raqobatlashadi.

Sports.uz

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!