
Bugun uch nafar kurashchimiz bahslariga kirishadi
Bugun Frantsiya poytaxti Parij shahrida o‘tkazilayotgan sport kurashlari bo‘yicha Jahon chempionatining so‘nggi kuniga start beriladi.
Bugungi bellashuvlar doirasida uch nafar hamyurtimiz gilamga ko‘tariladi.
Xususan, -70 kg vazn toifasida Ixtiyor Navruzov va -74 kg vaznda Bekzod Abdurahmonov o‘z ishtiroklarini saralash bosqichidan boshlashsa, -97 kg vaznda Magomed Ibragimov 1/8 finaldan bahslarga kirishadi.
Shuningdek, Ixtiyor Navruzov dastlabki bahsda italiyalik Frank Markesni sinovdan o‘tkazsa, Bekzod Abdurahmonovga Gruziya vakili Jumber Kvelashvili raqiblik qiladi. Shu bilan birgalikda Magomed Ibragimovning dastlabki raqibi eronlik Muhsin Muhammadi va Belarus vakili Aliaksandr Xushtin o‘rtasida aniqlanadi.
Fikrlar