“Bunyodkor” BAAdagi o‘rtoqlik o‘yinida “Ash Shaab”ni mag‘lub etdi
Toshkentning “Bunyodkor” jamoasi 2017 yilgi ilk xorijiy yig‘inini o‘tkazish uchun BAAga yo‘l olgandi. U erdagi yig‘in 7-21 yanvar kunlariga mo‘ljallangan.
“Qaldirg‘ochlar”ning BAAdagi ilk o‘rtoqlik o‘yini “Al Shaab”ga qarshi o‘tkazildi. Unda Sergey Lushchan jamoasi 2:1 hisobida zafar quchdi.

E’tiborlisi, bir necha kun oldin “Buxoro”dan “Bunyodkor”ga ko‘chib o‘tgan Vadim Chemirtan yangi jamoasining ilk o‘yinida gol urishga erishdi.
Mazkur bellashuv bugun “The Sevens” arenasida o‘tkazildi.



Fikrlar