“Bunyodkor” hali Vohid Shodiev bilan shartnoma imzolamadi!

  • 10 iyul, 2017, 18:38
  • Isayev Bekzod
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

 

Tecno

Bugun “Qizilqum” hujumchisi Vohid Shodiev klubni tark etgani to‘g‘risida xabar berib o‘tgandik. So‘ngra futbolchi “Bunyodkor” yig‘iniga borib qo‘shilgani to‘g‘risida “qaldirg‘ochlar” rasmiy sayti ma’lumot tarqatdi.

“Bunyodkor”da 4 nafar yangi futbolchi shug‘ullanmoqda

Shuningdek, ayrim manbalarda Vohid Shodiev “Bunyodkor” bilan shartnoma imzoladi degan xabarlar ham uchradi. Ammo bu ma’lumotlar asossiz.

Hujumchi ayni paytda “qaldirochlar” yig‘inida qatnashmoqda. Agar yig‘inda o‘zini ko‘rsata olsa, tomonlar o‘zaro shartnoma imzolashadi.

Eslatib o‘tamiz, Mirjalol Qosimov boshchiligidagi jamoa 9-19 iyul kunlari Chimyon tog‘-yon bag‘irlaridagi “Archazor” maskanida shug‘ullanishadi.  

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!