“Buxoro” ham yangi mavsumga tayyorgarlikni boshladi

  • 21 dekabr, 2016, 12:56
  • Isayev Bekzod
  • 0
  • Futbol
BEPUL PROPAN

 

19 dekabr kuni “Buxoro” jamoasi Toshkentdagi “O‘zbekiston” mehmonxonasida yig‘ildi.

Kecha 20 dekabrdan boshlab jamoa yangi mavsumga tayyorgarlikning ilk bosqichini boshlab yubordi. Bu haqda klub rasmiy sayti xabar bermoqda.  Mavvsumoldi tayyorgarlik jarayonlarining birinchi bosqichi 19-28 dekabrga belgilangan. Shundan so‘ng yangi yil munosabati bilan kichik tanafus beriladi va futbolchilar yana poytaxtda yig‘ilishadi. 4 yanvardan boshlab “Buxoro”  yig‘inlarning ikkinchi bosqichiga kirishadi. Aynan yanvar oyidan boshlab jamoa ko‘plab nazorat uchrashuvlari tashkil etadi.

Kecha bo‘lib o‘tgan ilk mashg‘ulotda jamoaning asosiy tarkibi bilan birga yoshlari ham shug‘ullanishdi.

“Buxoro” yig‘inida ishtirok etayotgan futbolchilar: Shavkat Salomov, Salamat Qutiboev, San’at Shixov, Baxodir Pardaev, Aleksandr Merzlyakov, Shavkat Mullajonov, Ruslan Melziddinov, Alisher Sanaev, Suxrob Nematov, Jamoliddin Ubaydullaev, Anvar Rajabov, Asilbek Omonov, Shoxjahon Nasimov, Mirfayz Muxiddinov, Sardor Sulaymonov, Nozim Umurov, Nodir Davlatov, Islom Xoliqov va bir qancha yoshlar tarkibidan jalb qilinganlar ishtirok etishdi. 

Mashg‘ulotlarda ishtirok etmagan futbolchilar yaqin kunlar ichida jamoa safiga kelib qushilishadi. Artyom Filiposyan va Maksimilian Fomin jarohatdan deyarli forig‘ bulishdi va yaqin kunlarda ular ham jamoa ixtiyoriga etib kelishlari kutilmoqda.

Aziz Ibragimov yangi yil bayramidan so‘ng, yanvar oyida boshlanadigan yig‘inga kelib qo‘shiladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!