
“Buxoro” klubi muxlislar uchun “syurpriz” tayyorlamoqda
Bugun “Buxoro” jamoasi mashg‘ulotlarga kirishdi. Bu haqda klub rasmiy sayti xabar bermoqda.
Manbaning ma’lum qilishicha, jamoa Buxoro shaxrida mashg‘ulotlar olib bormoqda. 1 fevral kuni mashg‘ulotlar Toshkentda davom ettiriladi. Toshkentdagi yig‘in davomida qator nazorat uchrashuvlari o‘tkazilishi rejalashtirilgan.
Vadim Abramov va Ulug‘bek Baqoev boshchiligidagi “Buxoro” jamoasi transferlarni aynan Toshkentdagi yig‘inlar davomida amalga oshiradi. Jamoa o‘zagi saqlangan holda, mahoratli futbolchilar evaziga kuchaytirilishi rejalashtirilgan.
“Buxoro” PFK muxlislarning xavotirga tushmasliklarini so‘raydi. Yaqin kunlar ichida jamoa transferlarda aktiv ishtirok etadi va muxlislarni o‘ziga xos “syurpriz” kutayotganini ma’lum qiladi.
Fikrlar