“Buxoro” yangi mavsumda OChLga harakat qiladi?!

  • 5 yanvar, 2017, 15:06
  • Isayev Bekzod
  • 0
  • Futbol
BEPUL PROPAN

 

2015 yilgi O‘zbekiston chempionatida zo‘rg‘a oliy ligada qolishni uddalagan “Buxoro” ortda qolgan mavsumda barchaning olqishiga sazovor bo‘ldi.

Buxoroliklar oliy liga-2016dagi ishtirokidan OChLga chiqishiga umid bilan qaraldi. Jamoaning oldiga xalqaro musobaqalarga yo‘llanma olish vazifasi qo‘yilganda ochig‘i, ko‘pchilik ishonqiramay qaradi. Ammo “Buxoro” mavsum so‘nggida to‘rtinchi o‘rinni band etdi. Bundan muxlislar juda ham xursand bo‘lishdi. Rejalar tuza boshlashdi. Chunki keyingi mavsumdan umidlari katta edi. Jamoaning har bir o‘yinini bevosita stadiondan kuzatadigan ko‘p sonli muxlislari bor jamoadan yanada ko‘prog‘ini kutishlari tabiiy.

Bu yilgi natijadan keyingisi yanada yaxshi bo‘lishi uchun muxlislar jamoaning transferlariga umid bilan qarashayotgandi. Ammo so‘nggi paytlarda “Buxoro”ning futbolchilardan qarzi borligi va shunga o‘xshasha xabarlar ishqibozlarni ancha havotirga solmoqda. Bizga ma’lum bo‘lishicha, hozirga kelib klub mutasaddilari futbolchilar bilan hisob-kitob ishlarini boshlab yuborishgan.

Ayrim futbolchilar jamoani tark etmoqda. Vadim Chemirtan “Bunyodkor”ga o‘tib ketgan. Shavkat Mullajonov “Olmaliq” bilan shartnoma imzolagan bo‘lsa, Kamoliddin Murzoev ham shu jamoa yig‘inida ishtirok etmoqda. Ammo klubning etakchi o‘yinchilari hozirda “Buxoro” bilan birga. Bir necha kun Malayziyaning “T-Tim” jamoasi yig‘inida qatnashayotgan Shavkat Salomov masalasiga shu kunlarda oydinlik kiritiladi. Aziz Ibragimov ham 15 yanvarda jamoaga kelib qo‘shilishi kutilmoqda. Qolgan futbolchilar ham klubning Toshkentdagi yig‘inida ishtirok etishmoqda.

“Buxoro”ningbu mavsumdagi uy uchrashuvlariga kamida 18-20 mingdan ortiq ishqiboz tashrif buyurdi. Bu so‘nggi yillarda muxlislar tashrifida kuzatilgan eng yaxshi natijadir. Chunki hozirgi kunda xatto ko‘plab ishqibozlari bilan nom qozongan vodiy klublari ishtirokidagi o‘yinlarga ham bunchalik ko‘p muxlislar tashrif buyurmayapti.

Biz mana shu darajaga chiqqan “Buxoro”ning zafarli yurishlari bir mavsumga emas, balki uzoq yillarga mo‘ljallangan bo‘lishini va klub o‘z oldiga qo‘ygan OChL yo‘llanmasiga ega bo‘lishini istardik. Chunki xalqaro o‘yinlarda stadionlarimizning to‘lib turishi kimga ham yoqmaydi deysiz.   

   

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!