"Chelsi" himoyachisi uchun "Arsenal" asosiy da’vogar

  • 26 dekabr, 2018, 08:15
  • 0
  • Futbol

Londonning "Chelsi" klubi himoyachisi Gari Kexill jamoasini o‘zgartirishga juda yaqin turibdi.

The Sun nashri tarqatgan xabarga ko‘ra 33 yoshli angliyalik futbolchi uchun Londonning boshqa bir grandi - "Arsenal" jiddiy kurash olib bormoqda va bu boradagi raqobatda “kanonirlar” favorit deya e’tirof etilishmoqda. Ushbu transfer davralar oralig‘ida amalga oshirilishi aytilmoqda.

O‘z navbatida “aristokratlar” ustozi Mauritsio Sarri ham tarkibdagi ayrim futbolchilarni qo‘yib yuborishga qarshi emas. Kexill ham shular qatoriga kiradi.

Eslatib o‘tamiz, bundan avvalroq Kexillga “Fulxem”dan ham qiziqishlar bo‘layotgani haqida xabarlar tarqalgan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!