Chempionlar uyalib qoldi
Avstraliyada o‘tkazilayotgan Xopman kubogi musobaqasining guruh bellashuvlarida amaldagi chempionlar - Darya Gavrilova va Nik Kiros Ispaniya terma jamoasiga 1:2 hisobida imkoniyatni boy berdi.
Ispanlarning g‘alabasini Lara Arruabarrena ta’minladi. Dastlab u yakkalik bellashuvlarida mezbonlar vakilasi Darya Gavrilovani 7:5, 6:1 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi. Keyin aralash juftliklar bahsida Lara Felisyano Lopes bilan hamkorlikda Darya Gavrilova va Nik Kiros duetini 4:0, 4:2 hisobida dog‘da qoldirdi.
Erkaklar o‘rtasidagi yakkalik bellashuvlarida Nik Kiros Felisyano Lopes ustidan 6:3, 6:4 hisobida zafar quchdi.


Fikrlar