Chorak finalda o‘zbek derbisi bo‘lib o‘tadi

  • 24 yanvar, 2019, 10:40
  • 0
  • Tennis

Qozog‘istonning Olma-ota shahrida o‘tayotgan o‘smirlar o‘rtasidagi turnirda iste’dodli tennischimizdan Olimjon Nabiev va Mark Tryashkin  chorak finalga chiqdi.

Olimjon musobaqaning ikkinchi davrasida  qozog‘istonlik Danil Ozernoyini har ikkala setda bir xil 6:1 hisobida engdi.

Yana bir vakilimiz Mark Tryashkin esa rossiyalik Bogdan Seleznevni ustidan 6:2, 6:3 hisobida ustun keldi. Endi chorak finalda o‘zbek derbisi – Olimjon va Mark o‘rtasidagi bellashuvga guvoh bo‘lamiz.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!