Davron Fayziev: MakGregorga qoyil qolish kerak, lekin Meyvezer favorit
Boshlandi! Kecha birinchi matbuot anjumani va birinchi rekord. Jang rasman e’lon qilingandan keyin birinchi marta yuzma-yuz uchrashishdi. Internetda onlayn translyatsiya rekordi urildi. Yana bir necha press-konferentsiya bulib o‘tadi. Ulardan biri Londondagi "Uembli" stadionida. Shunchaki tasavvur kiling, press-konferentsiyani tomosha kilish uchun internetga sotuvga chiqarilgan biletlar ikki daqiqada sotildi! Stadionga!
Bu faqat press-konfirentsiyaga. Jang uchun chiqarilgan biletlar rasmiy narxi 90,000 dollargacha. Chunki, bunaqa voqea sport tarixida bo‘lmagan. Ikki bir-biriga raqobatchi yunalish - professional boks va MMAning mutloq birinchi raqamlari uchrashishadi. Ikkalasi o‘z yunalishida janglar orqali qo‘lga kiritilgan mablag‘lar va translyatsiyalar sotuvi bo‘yicha rekordchilar hisoblanishadi.

Konor MakGregorga qoyil qolish kerak! U sher bo‘la turib, akulaning hududiga o‘tib kurashadi. Jang to‘liqligicha boks qoidalari bo‘yicha o‘tkaziladi. Rasman Konor professional bokschi sifatida ringga chiqadi. Shu sababli, boks olami bir ovozdan Konorning ringdagi hayotini bir raunddan iborat deb tahmin kilmoqda. Menimcha, shoshmaslik kerak. UFC oktagoni bu sportning eng og‘ir hududi hisoblanadi. U erda rostdan ham insonning jismoniy imkoniyatlari yul qo‘yadigan maksimum darajadagi atletlar kurashadi. U erdan sog‘ chikib ketishning o‘zi bir katta natija. Ana usha hududdan “Number one”, Qirol unvoni bilan kelayotgani jangchini jiddiy qabul qilmaslik bu katta xato.
To‘g‘ri, Konor favorit emas, bunga qo‘shilaman. U “anderdog” bo‘lib keladi. Meyvezer favorit, u “mashina”. Floyd Meyvezerning faoliyatini tahminan 15 yildan beri kuzataman va birorta jangini o‘tkazib yubormaganman. Shu vakt ichida u yutkazish uyoqda tursin, hatto tizzasini erga tekkizmagan, biror marta gandiraylamagan. Eng zo‘rlar bilan uchrashgan. Bunga u shubhasiz noyob talant va og‘ir mehnat bilan erishgan. Yana bir tomoni, u himoya qiroli ham hisoblanadi. Reaktsiya va tana harakati bilan raqiblar hujumini yo‘qqa chiqaradi. Raqib zarbalarini ko‘tara oladi ham.

Lekin, yoshi... Kecha konferentsiyada o‘zi tan oldi - "10 yil oldingi, 5 yil oldingi va hatto 2 yil oldingi Floydmasman, lekin Konorni nokautga uchratish uchun shuning o‘zi etadi". Bu kechagi gaplarning eng kamtaronasi. Bir necha iqtibos keltiraman.
FLOYD: "U etti xonali songa loyik jangchi (pul, summa ichidagi rakamlar soni nazarda tutilgan), ho‘p mayli, u sakkiz xonali songa arziydi. Lekin, u o‘tgan jangida atigi 3 million ishladi. Mening mashg‘ulot lagerimning narxi bu. 21 yildan beri rakiblar menga karshi chikadi va “buzilib ketadi”. U Mister "Tapout". (MMAda uslub ishlatilganda yutkazganini tan oladigan)
Sumkamni olib kel, mana 100,000,000 dollarlik chek."
KONOR: "Bu solik idoralari uchunmi?"
KONOR: "Floyd kichik, tanasi, oyoklari, boshi, xammasi kichik. Uni uzog‘i 4-raundda nokautga uchrataman. Shunchaki eslab koling. U hamma rakiblari bilan berkinmachoq o‘ynagan. Boks koidalari bu haqiqiy jangning yarmi, yuk, hatto choragi. Bu haqiqiy jang emas. Haqiqiy jang o‘tkazsak birinchi raunddan uyog‘iga o‘ta olmaydi. U 20 yildan beri xech kimni toza nokautga uchrata olmagan. U matubot anjumaniga sport formasida kelibdi, hozirda tuzukrok kostyum olishgayam puli yuk..."
![]()
Shunaqa gaplar bo‘ldi. Ayrimlarini yozdim. Aytgancha, Konor o‘sha kuni 50,000 dollarga buyurtma berilgan kostyumda keldi. Mayda chiziqli kostyumga agar yaxshilab qaralsa, xar bir chizig‘iga juda mayda yozuvlar bilan tushirilgan haqorotlovchi so‘zlar bor edi. Bularni hammasi Floydga atalgan edi. Provokatsiyaning eng yukori darajasi. Bu endi birinchi press-tur. Boshlanishi. Birinchi tresh-baxsda Konor ustunlik kildi.
Lekin, jang bu tresh-toking emas. 26 avgust kuni Las Vegasda sport tarixidagi eng katta vokealardan biri bo‘ladi. Uning qiziqarli tomoni, natija nima bo‘lishini umuman tasavvur etib bo‘lmaydi. Chunki bunaqasi hali bo‘lmagan. Yaqin yillar ichida bo‘lmasa ham kerak. Yarim milliard dollar budjetga ega jang. Mutloq rekord o‘rnatgan Floyd Meyvezer - Menni Pakiao jangi PPV ko‘rsatkichlariyam ortda qolib ketishi hozirdanoq aniq bo‘lib ulgurdi. Bunaka super-iventlarning bir jihati zo‘r. Xali janggacha ancha vaqt bo‘lsa ham, mana shunday prevyu va turlar orkali ana shu vakt davomida jang kayfiyatini his qila olasiz. Har bir yangilik, video, xabarni katta qiziqish bilan kuzatib borasiz.

Shaxsan men bu jangda bitta narsani kutaman. Ikkalasi o‘z mashg‘ulot lagerida to‘satdan sirpanib, yiqilib tushmasligi, vazn tashlashda mazasi qochib qolmasligi, sparingda qo‘li lat emasligi va shu 26 avgust kuniga eson omon etib olib, “gong” chalinib shu jang boshlanishini!

Fikrlar