
Denis Istomin navbatdagi bosqichda bolgariyalik Grigor Dimitrov bilan bahslashadi
Bu yilgi Avstraliya ochiq chempionatida sensatsion natijalarni qayd etayotgan hamyurtimiz Denis Istominning turning to‘rtinchi bosqichidagi raqibi nomi ma’lum bo‘ldi.
Avval xabar berganimizdek, navbatdagi bosqichda O‘zbekistonning birinchi raqamli tennischisiga Grigor Dimitrov (Bolgariya) hamda Rishar Gaske (Frantsiya) qarama-qarshiligi g‘olibi ro‘baro‘ kelishi ko‘zda tutilgan edi.
Biroz avval yakuniga etgan bu bahsda bolgariyalik tennis ustasi qiyinchiliksiz 6/3, 6/2, 6/4 hisobida raqibini mag‘lub etdi. ATP reytingiga ko‘ra 15 o‘rinni egallab turgan Grigor Dimitrov keyingi uchrashuvni o‘zbekistonlik Denis Istominga qarshi o‘tkazadi.
Fikrlar