Denis Istomin o‘z o‘rnida qoldi
Professional tennischilar uyushmasi - ATR 2017 yilning dastlabki reyting jadvalini e’lon qildi.
Jahon reytingida mamlakatimizning eng kuchli tennischilari o‘z o‘rnilarini saqlab qoldi. O‘zbekistonning birinchi raqamli raketka ustasi Denis Istomin jahon reytingida 121-pog‘onada qayd tilgan. Hamyurtimiz "Katta dubulg‘a" turkumiga kiruvchi eng nufuzli to‘rt musobaqadan dastlabkisi Avstraliya ochiq chempionati asosiy to‘rida qatnashish huquqini qo‘lga kiritgan. Agar Denis Istomin mazkur musobaqada muvaffaqiyatli qatnasha olsa, kuchli yuzlikka kirish imkoniga ega bo‘ladi.
Jahon reytingiga kiritilgan O‘zbekiston tennischilaridan Sanjar Fayziev 368-qatorda qayd etilgan bo‘lsa, 21 yoshli Temur Ismoilov 413-pog‘onadan joy olgan. Tajribali Farrux Do‘stov esa sekin-asta o‘z mavqeini boy bermoqda. Bu gal 30 yoshli tennischimiz 505-o‘ringa tushdi.
Fikrlar