Denis Istomin "qovun" tushirdi
O‘zbekistonning birinchi raqamli raketka ustasi Denis Istomin Niderlandiyada tashkil etilgan "ABN AMRO World Tennis Tournament - 2017" xalqaro turnirida asosiy to‘rga chiqolmadi.
Jahon reytingida 77-pog‘onani egallab turgan hamyurtimiz saralash bosqidagi dastlabki uchrashuvini britaniyalik Alyaz Bedenega qarshi o‘tkazdi.

Ushbu bahsda o‘zbekistonlik tennischi evropalik raqibiga faqat birinchi setda jiddiy qarshilik ko‘rsata oldi. Biroq, dastlabki partiya raqib tennischining 7:6 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlandi. Keyingi setda esa Alyaz Bedene Denis Istomin ustidan osonlik bilan g‘alaba qozondi - 6:3.

Fikrlar