Deulofeu "Roma" futbolchisiga aylanishi mumkin

  • 24 iyun, 2017, 08:35
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Angliyaning “Everton” klubi yarim himoyachisi Xerard Deulofeu faoliyatini “Roma”da davom ettirishi mumkin. Bu haqda Football Italia nashri xabar tarqatmoqda.

23 yoshli futbolchining agentiga ko‘ra, uning mijozi poytaxt klubi safida o‘ynashga qarshi emas. Ma’lumotlarga ko‘ra, ispaniyalik futbolchi “Roma”da yaqindagina “Liverpul”ga ko‘chib o‘tgan Muxammad Salaxning o‘rnini egallaydi.

Eslatib o‘tamiz, Deulofeu uchun Italiya A Seriyasi begona emas. Boisi, u o‘tgan mavsumning ikkinchi qismini “Milan” klubida ijara asosida o‘tkazgan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!