Donnarumma yakuniy qarorini qachon aytishini ma’lum qildi

  • 26 iyun, 2017, 20:15
  • 0
  • Futbol
TIGGO 2 PRO

Italiyaning “Milan” klubi darvozaboni Janluidji Donnarumma klub shartnoma imzolash yoki imzolamasligi to‘g‘risidagi qarorni 14 iyulga qadar ma’lum qiladi. Bu haqda “Premium Sport” xabar bermoqda.

Ushbu manbaning yozishicha, 18 yoshli kiperning agenti Mino Rayola yoshlar o‘rtasidagi Evropa chempionati yakunlanganidan so‘ng, “rossonerilar” rahbariyati bilan yana uchrashuv o‘tkazadi.

Ma’lumot uchun, Donnarummaning agenti “Milan” tomonidan berilgan yangi besh yillik shartnomani mijozi imzolamasligini aytib o‘tgan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!