
Dunyodagi eng katta futbol akademiyasi haqida batafsil
Bugungi kunda Xitoy futboli butun dunyoni o‘zining olamshumul transferlari bilan hayratga solmoqda.
Chin yurti vakillari ushbu xarajatlar orqali mamlakatda sportning ushbu turini ommalashtirish bilan birgalikda Xitoyni dunyoning futbol markaziga aylantirishni ko‘zlashaytgani bugun hech kimga sir emas. Bunga eng asosiy sabab esa mamlakatda futbolga hukumat miqyosida e’tibor qaratilayotganidir.
Ayni fikrimizning isboti sifatida "Guanchjou Evergrand” klubi qoshida tashkil etilgan. Dunyodagi eng katta futbol akademiyasini misol keltirishimiz mumkin. Quyida e’tiboriningizga ushbu akademiya haqidagi ba’zi ma’lumotlarni havola etamiz.
Ushbu akademiya o‘z bag‘riga 2500 nafar o‘quvchini sig‘dira oladi va hudud 50 ta futbol maydonini o‘z ichiga olgan. Ushbu maydonlar esa 120 gektar huduni qamrab olgan.
Bu erda o‘quvchilar futboldan tashqari tennis, basketbol, voleybol, suzish kabi sport turlari bilan shug‘ullanishi va kutubxona va kinoteatrlarda madaniy hordiq chiqarishlari mumkin. Ushbu akademiyaning qurilishi Alibaba Group internet grandi tasarrufidagi klub ushbu akademiyani qurish uchun 185 million dollar sarfladi.
Futbol maktabi tarbiyalanuvchilari haftasiga 6 kun shug‘ullanishadi va mashg‘ulotlar Madridning “Real” klubi bilan hamkorlik asosida taklif etilgan 24 nafar murabbiylar tomonidan tashkil etiladi.
Shuningdek, akademiyaning kirish eshigi qarshisida Jahon chempioanit kubogining 40 metrlik nusxasi ham o‘rnatilgan bo‘lib bu ham yosh charm to‘p ustalarini yorqin kelajak sari olg‘a qadam tashlashga undaydi.
Fikrlar