Ederson Braziliya terma jamoasidagi Alisson bilan raqobati haqida aytib o‘tdi

  • 10 oktabr, 2018, 17:20
  • 0
  • Futbol

"Manchester Siti" klubi darvozaboni Ederson Alisson bilan Brazliya terma jamoasining asosiy tarkibi uchun kurash haqida aytib o‘tdi.

- O‘rtamizda juda ko‘p o‘xshashliklar bor. Alisson "Liverpul"da ajoyib mavsum o‘tkazmoqda.

Tan olish lozim, terma jamoada u mendan bir qadam oldindadir, shu sababdan ham u JCh-2018da Braziliyaning asosiy tarkibida to‘p tepdi. 

Termada faoliyat olib borayotgan har bir futbolchidan juda ko‘p narsa talab qilinadi. Alisson "qizillar" tarkibini kuchaytirganda u bilan suhbatlashgandim. Biz yaxshi do‘stona aloqalarga egamiz, - deya Edersonning so‘zlaridan iqtibos keltiradi As nashri.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!