
Elnur Abduraimov raqibini qiyinchilik bilan mag‘lub etdi
Ayni damda "O‘zbekiston" sport majmuasida davom etayotgan "Uzbek Tigers" vs "Patriot Boxing Team" jamoalari o‘rtasidagi ikkinchi jang anchayin murosasiz kechdi.
64 kg vazn toifasida tajribali bokschilarimizdan biri Elnur Abduraimov Rossiya jamoasi sharafin himoya qilayotgan Radmir Abdurahmonovni qiyinchilik bilan 2:1 hisobida mag‘lub etishning uddasidan chiqdi.
Shunday qilib, dastlabki ikki jangni z foydasiga hal qilgan "Uzbek Tigers" jamoasi hozircha 2:0 hisobida oldinga chiqib olishdi.
Endi navbat 75 kg vazndagi bokschilarga. Hamyurtimiz Isroil Madrimov Rajab Rajabovga qarshi ringga chiqmoqda.
The World Series Boxing (WSB) Butunjahon Boks Seriyasi chempionatining VII fasl uchinchi bosqich tarkibida O‘zbekiston sha’nini himoya qiluvchi bokschilar BUKA Boxing Sportswear tomonidan taqdim etilgan kiyimda ringga chiqdilar.
Fikrlar