
Engilmas Isroil Madrimov "Uzbek Tigers"ning yaqqol ustunligini ta’minladi
Bir necha kun avval mamlakatimizda o‘tkazilgan Osiyo chempionatida shiddatli janglari bilan o‘zbekistonlik boks ixlosmandlarining ko‘nglidan joy egallagan hamyurtimiz Isroil Madrimov Jahon Boks Seriyalaridagi (World Series of Boxing) g‘alabali yurishini davom ettirmoqda.
Jahon Boks Seriyalari (World Series of Boxing) chorak final bahsida "Uzbek Tigers" jamoasi sharafini himoya qilayotgan Isroil Madrimov 75 kg vazn toifasida Kuba davlatidan tashrif buyurgan "Cuba Domadores" vakili Olimpiada hamda Jahon chempioni Arlen Lopezga qarshi ringga chiqdi.
Bokschimizning yaqqol ustunligi ostida o‘tgan ushbu to‘qnashuvda kutilganidek Osiyo chempioni Isroil Madrimov g‘alabani qo‘lga kiritdi.
Umumiy hisob
"Uzbek Tigers" 3:1 "Cuba Domadores"
Fikrlar