Engilmas bokschimiz Pakyaoning hamyurtiga qarshi ringga ko‘tariladi

  • 27 dekabr, 2016, 16:47
  • 0
  • Boks
CHERY AUTO


2017 ilk yanvar oyida professional bokschimiz Qudratillo Abduqahhorov (8-0-0, KO 5) o‘zining navbatdagi jangini o‘tkazadi. 7 yanvar kuni Malayziyaning Johor shtatida bo‘lib o‘tadigan boks kechasida uchta jang bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan.

Tecno

O‘tkazilgan 8 ta jangdan barchasini o‘z foydasiga hal qilgan (5 nokaut) 23 yoshli bokschimizning bu safar anchayin tajribali bo‘lgan filippinlik Romeo Jakosalem (18-13-1, KO 10) bilan ringda uchrashadi. Jang 10 raund qilib belgilangan.

Shuningdek, boks kechasidagi janglarning birida filippinlik bokschilar Jeson Umbal (11-5-0, KO 8) va Gadbin Tubigon (14-12-2, KO 9) o‘zaro bahs olib borishadi.

Eslatib o‘tamiz, Qudratillo so‘nggi marta ringga 23 iyul kuni boshqa bir filippinlik tarjibali bokschi Adones Kabalkuintoga qarshi ringga ko‘tarilib, g‘olib chiqqan edi.

Ushbu xabardan qisman yoki to‘liq foydalanganda SPORTS.uz axborot portalining nomi aniq ko‘rsatilishi hamda havola (link) berilishi shart!

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!