
Engilmas chempion bokschidan navbatdagi super nokaut (video)
Super og‘ir vazn toifasining IBF kamari sohibi britaniyalik Entoni Joshua o‘zining navbatdagi jangini amerikalik Erik Molinaga qarshi o‘tkazdi va 3-raundda raqibini texnik nokaut bilan mag‘lub etdi.
Shunday qilib, Joshua professional ringdagi g‘alabalar sonini 18 etkazdi. U bu janglarning barchasini nokaut bilan yakunlagan.
Entoni ikkinchi marta chempionlik kamarini himoya qildi. U iyunda boshqa bir amerikalik bokschi Dominik Brizilni 8-raundda texnik nokaut bilan taslim qilib, himoya janglarini muvaffaqiyatli boshlagan edi.
Fikrlar