Evropa Ligasi. Tovoni bilan gol urgan Remzi haftaning eng yaxshi futbolchisi

  • 7 aprel, 2018, 09:29
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

 

Tecno

“Arsenal” jamoasi yarim himoyachisi Aaron Remzi Evropa Ligasi turnirida haftaning eng yaxshi o‘yinchisi deb topildi.

Uelslik futbolchi TsSKAga qarshi (4:1) chorak final ilk o‘yinida dubl muallifiga aylanib, jamoasining yirik g‘alabasini ulkan hissa qo‘shdi. Uning ikkinchi goli esa haqiqiy shedevrga aylandi.

Ovoz berish natijasiga ko‘ra Aaron 70 foiz ovoz to‘plab, haftaning eng yaxshi futbolchisiga aylandi. Ikkinchi o‘rin Antuan Grizmannga (“Atletiko”) nasib qildi –  frantsiyalik futbolchi 17 foiz ovoz oldi.

Timo Verner (“Leyptsig”) va Senad Lulich (“Latsio”) 6,5 foizdan ovoz to‘plab uchinchi o‘rinni bo‘lishib olishdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!