FIFA kelasi yilgi mavsum uchun 25 nafar o‘zbekistonlik hakamlarni tanlab oldi

  • 4 dekabr, 2016, 11:45
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Xalqaro Futbol Assotsiatsiyasi (FIFA) kelasi yil FIFA nomi ostida tashkil etiladigan futbol, futzal hamda sohil futboli bahslarini boshqaradigan hakamlar va ularning yordamchilari nomini e’lon qildi.

Tecno

Biz uchun e’tiborli jihati, o‘zbekistonlik bir qator FIFA hakamlari keyingi mavsumda o‘tkaziladigan xalqaro uchrashuvlarni boshqarish imkoniyatiga ega bo‘lishdi.

FIFAning rasmiy saytida e’lon qilingan ma’lumotlarga ko‘ra o‘zbekistonlik quyidagi hakamlar ro‘yxatdan joy olishgan.

Hakamlar (futbol): Ravshan Ermatov, Valentin Kovalenko, Ilgiz Tantashev, Sherzod Qosimov, Aziz Asimov, Dmitriy Pislegin, Axrol Risqullaev

Yordamchi hakamlar (futbol): Abduxamidullo Rasulov, Jaxongir Saidov, Mamur Saidqosimov, Xusniddin Shodmonov, Ruslan Serazitdinov, Andrey Tsapenko, Alisher Usmanov, Timur Gaynullin, Sanjar Shoyusupov

Hakamlar (futzal): Anatoliy Rubakov, Umid Po‘latov, Iskandar Zaitov, Jamoliddin Qosimov

Hakamlar (sohil futboli): Baxtiyor Namazov

Hakamlar (ayollar futboli): Anna Sidorova, Edita Mirabidova

Yordamchi hakamlar (ayollar futboli): Zilola Raxmatova, Kristina Sereda

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!