Filip Lam "Bavariya"da yangi rekord o‘rnatdi
Myunxenning “Bavariya” klubi himoyachisi Filip Lam kecha Chempionlar ligasi chorak final bosqichida “Real”ga (1:2) qarshi uchrashuvda ishtirok etdi va nemis grandi safida EChLda eng ko‘p o‘yin o‘tkazgan futbolchiga aylandi.
Ta’kidlash kerakki Lam ayni damgacha 104 marta Evropaning klublar o‘rtasidagi eng nufuzli musobaqasida maydonga tushgan. U bu borada jamoaning fasonaviy darvozabon Oliver Kanni bitta o‘yinga ortda qoldirdi. Kuchli uchlikdan esa ayni damda AQSh chempionatida "Chikago Fayr" klubida to‘p surayotgan Bastian Shvaynshtayger o‘rin olgan. Uning hisobida 89ta o‘yin bor.
"Bavariya" o‘z maydonida "Real"ga imkoniyatni boy berib qo‘ydi
"Bavariya" - "Real" uchrashuvi videosharhi

Fikrlar