Frantsiya. "Monako" 1 kishi kam bo‘lib "Lion"ni irodali tarzda engdi
Frantsiya chempionati 24-tur markaziy o‘yinida "Monako" jamoasi o‘z maydonida "Lion" futbolchilarini qabul qildi.
Murosasiz va gollarga boy kechgan bellashuvda "Monako" 3:2 hisobidagi irodali g‘alabani qo‘lga kiritdi.
Qayd etish kerakki, "Lion" 2:0 hisobida oldinda borayotgan edi, keyin "Monako" hisobni tenglashtirdi. 36-daqiqada Falkao penaltini golga aylantira olmadi. 44-daqiqadan boshlab esa maydon egalari 1 kishi kam bo‘lib harakat qilishdi.
Shunga qaramay, o‘yin yakunida Lopesh tomonidan kiritilgan gol monegasklarga muhim g‘alabani keltirdi.
Monako – Lion 3:2 (2:2, 1:0)
Gollar: 0:1 – 12 Dias, 0:2 – 27 Traore, 1:2 – 31 Keyta, 2:2 – 36 Falkao, 3:2 – 88 Lopesh.
Monako – Subashich (Si, 15), Ture, Glik, Jemerson, Radji, Tilemans, Fabino, Keyta, Moutinyu, Lopesh, Falkao (Yovetich, 55).
Lion – Antoni Lopesh, Tete, Marselo, Morel, Mendi, Ndombele, Auar, Traore (Korne, 75), Fekir, Depay (Maolida, 86), Dias.
Ogohlantirishlar: Tete (30), Mendi (35), Keyta (40), Ndombele (41), Si (90).
Chetlatish: Keyta (44).

Fikrlar