Frantsiya kubogi. “PSJ” “Monako” darvozasiga javobsiz 5 ta gol kiritdi

  • 27 aprel, 2017, 05:44
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Kecha Frantsiya kubogining ikkinchi yarim final bahsi bo‘lib o‘tdi. Unda “PSJ” “Park de Prens” “Monako”ni qabul qildi.

Tecno

“Monako” ikkinchi tarkibini tushirgan mazkur bahsda “PSJ” monegaskliklar darvozasini oz emas, ko‘p emas 5 marta ishg‘ol  etdi va ikkinchi finalchiga aylandi.

Partijliklar endi finalda “Anjer” klubiga qarshi bahs olib boradi.

Frantsiya kubogi. Yarim final

PSJ – Monako 5:0 (2:0, 3:0)

Gollar: 1:0 – 26 Draksler, 2:0 – 31 Kavani, 3:0 – 50, avtogol Mbe, 4:0 – 52 Matyuidi, 5:0 – 90 Markinos.

PSJ – Areolya, Mene, Markinos, Tiago Silva, Maksvell, Di Mariya (Lukas Moura, 55), Verratti, Matyuidi, Motta (Rabo, 64), Draksler, Kavani(Gonsalu Gedesh, 69).

Monako – de Sanktis, Diallo, Radji (Dabila, 59), Jorje, Mbe, Bole, Ndoram, Muyumba, Andzuana, Kardona, Jermen (Bondjovanni, 59).

Ogohlantirish: Diallo (84).

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!