"Fulxem" ham "Chelsi" himoyachisi uchun kurashga qo‘shildi

  • 15 dekabr, 2018, 16:38
  • 0
  • Futbol

Londonning "Fulxem" klubi hamshahari hisoblangan "Chelsi" himoyachisi Gari Keyxill uchun kurashga qo‘shildi. Bu haqda Sky Sports nashri xabar tarqatmoqda.

Qayd etish lozimki, 32 yoshli tajribali himoyachi uchun shuningdek "Manchester Yunayted", "Arsenal" va "Milan" kabi jamoalar ham da’vogarlik qilishmoqda. O‘z navbatida Sarri jamoaga kelgach zaxiraga o‘tirib qolgan Keyxill ham qishda boshqa jamoaga o‘tib ketmoqchi.

Ma’lumot uchun, angliyalik futbolchining “aristokratlar” bilan amaldagi shartnomasi joriy mavsum yakunida o‘z nihoyasiga etadi. Uning ayni damdagi transfer bahosi esa 10 mln evro.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!