Galiulinning jamoasi tugatildimi?

  • 6 iyun, 2018, 21:51
  • 0
  • Futbol
TIGGO 2 PRO

Hamyurtimiz Vagiz Galiulin faoliyat olib boradigan Rossiyaning “Tosno” klubining rasmiy sayti o‘z ish faoliyatini yakunladi.

Bugun klub rasmiy saytida “Sayt yopildi, chiptalar sotuvi ham to‘xtatildi”, – degan yozuv paydo bo‘ldi.

Qayd etish joiz, “Tosno” uzoq vaqtdan buyon moliyaviy qiyinchiliklar girdobida qolib kelmoqda. Leningradliklar yangi mavsum Rossiya Birinchi divizioni (MFL)da ishtirok etish uchun litsenziya olisholmadi.

O‘z navbatida, jamoaning Ikkinchi division (PFL)da ham ishtirok etishi so‘roq ostida bo‘lib turibdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!