
Gamburg-2017: Bugun Hasanboy, Isroil va uch nafar bokschimiz ringga ko‘tariladi
Germaniyaning Gamburg shahri mezbonlik qilayotgan boks bo‘yicha jahon chempionati o‘zining qizg‘in pallasiga kirib bormoqda. Bugun musobaqaning uchinchi kungi bellashuvlari bo‘lib o‘tadi.
Unda 5 nafar bokschimiz ringga ko‘tariladi.
Turnirning kunduzgi janglar dasturida quyidagi bokschilarimiz ringga ko‘tarilishadi.
56 kg
Murodjon Axmadaliev (O‘zbekiston) – Qayrat Eraliev (Qozog‘iston)
64 kg
Iqboljon Xoldorov (O‘zbekiston) – Jon Guterres (Kolumbiya)
91 kg
Sanjar Tursunov (O‘zbekiston) – Yara Peralta (Argentina)
Shuningdek, kechki dasturda o‘rin olgan janglarda ikki nafar bokschimiz kurash olib boradi.
49 kg
Hasanboyy Do‘smatov (O‘zbekiston) – Robinson Rodriges (Kosta-Rika)
75 kg
Isroil Madrimov (O‘zbekiston) – Aziz Achilov (Turkmaniston)
Fikrlar