Gamburg-2017: Bugun Jasur Latipov jahon chempionatidagi ishtirokini boshlaydi

  • 26 avgust, 2017, 10:12
  • 0
  • Boks
BEPUL PROPAN

Germaniyada davom etayotgan boks bo‘yicha jahon chempionati bellashuvlari davom etmoqda. Kecha musobaqaning ilk kunida 91 kg vazn toifasida ringga ko‘tarilgan Sanjar Tursunov dastlabki saralash bahsini g‘alaba bilan yakunladi.

Bugun shuningdek, bokschilarimizdan 52 kg vazn toifasida yurtimiz sharafani himoya qilayotgan Jasur Latipov ringga ko‘tariladi.

Hamyurtimizning ilk raqibi puertorikalik Yankiel Rivera bo‘ladi.

52 kg:
Jasur Latipov (O‘zbekiston)— Yankiel Rivera (Puerto-Riko)

Mazkur qarama-qarshilik musobaqaning kechki dasturidan o‘rin olgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!