Germaniyadagi nokautchimizga raqib topilmayapti

  • 30 январь, 2017, 11:50
  • 0
  • Бокс
 

Professional bokschilik faoliyatini Germaniyada o‘tkazayotgan hamyurtimiz Akmal Sa’dullaev navbatdagi jangini 10 fevral kuni Essen shahrida o‘tkazadi.

Asli samarqandlik bo‘lgan Akmal Sa’dullaev 2011 yili professional bokschilik faoliyatini boshlagan edi. iste’dodli sportchimiz ikki yil davomida germaniyalik Marvin Meyer, Manuel Posada, Onar Yildiz, livanlik Hamza Masemaniy, turkiyalik Mehmet Tanriverdini nokautga uchratdi.

Biroq germaniyalik Xarun Akchabelenga qarshi o‘tkazilgan olti jangda hakamlar g‘alabani mezbon bokschiga berishdi va Akmal birinchi mag‘lubiyatini tan oldi.

Shundan keyin Akmal Sa’dullaev umuman ringga qaytmadi. Mana besh yillik tanaffusdan so‘ng hamyurtimiz yana jangga hozirlik ko‘rmoqda. U 10 fevral kuni tashkil etiladigan professional boks kechasida to‘rt raundlik jangda qatnashadi. Biroq hozircha unga raqib topilgani yo‘q.

SPORTS.uz

Фикрлар

Фикр қолдириш учун авторизациядан ўтинг!