Golovkin va Alvares jang oldidan vazn tortishdi

  • 16 sentabr, 2017, 14:51
  • 0
  • Boks
CHERY AUTO

Bugun Las-Vegasda o‘rta vazn toifasining WBA (Super), WBC, IBF va IBO kamarlari sohibi qozog‘istonlik Gennadiy Golovkin va meksikalik Saul “Kanelo” Alvares o‘rtasida vazn tortish marosimi bo‘lib o‘tdi.

Tecno

Unga ko‘ra, har ikkala bokschining vazni 160 funtni tashkil qilgan. Shunday qilib, ular kelishilgan vaznni – 160 funtgacha (72,57 kilogramm) qayd etgan.

Eslatib o‘tamiz, Golovkin va Alvares jangi 20 ming muxlisga mo‘ljallangan “T-Mobile” arenasidagi shouning asosiy jangi hisoblanadi. Toshkent vaqtiga ko‘ra, u 17 sentyabr kuni tongda bo‘lib o‘tadi.

Bo‘lajak jangda 35 yoshli Golovkin barcha chempionlik kamarlari – WBC, WBA (Super), IBF va IBOni himoya qiladi. Tashkilot nizosiga ko‘ra, 27 yoshli Alvares WBC kamariga da’vogarlik qila olmaydi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!