Gvardiolaning boshi qotdi

  • 29 sentabr, 2017, 19:55
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Angliyaning “Manchester Siti” jamoasi  bosh murabbiyi Xosep Gvardiola “Chelsi”ga qarshi bahs oldidan jarohat olgan futbolchilar haqida aytib o‘tdi.

Tecno

“Ertaga jamoamizga Kompani yordam bera olmaydi. U bir oydan beri umumiy guruh mashg‘ulotlarida ishtirok etmayapti.

Men Belgiya terma jamoasi bosh murabbiyi Roberto Martines bilan gaplashdim. U Vensan Belgiyada tibbiy ko‘rikdan o‘tayotganini aytdi.

Mendi esa EChLning yarim final bahslari bo‘ladigan sanaga qadar tushmasligi aniq. Aguero esa avtohalokatga uchradi. Bu borada biror narsa deya olmayman”, - deb aytib o‘tdi Gvardiola.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!