Hasanboy Do‘smatov - Osiyo chempioni
Bugun Boks bo‘yicha Osiyo chempionatining so‘nggi final janglari bo‘lib o‘tadi. Mamlakatimiz mezbonlik qilayotgan ushbu qit’a birinchiligida O‘zbekiston vakillari yaqqol peshqadamlik qilishmoqda. Kecha bo‘lib o‘tgan final janglarida hamyurtlarimiz 4 ta oldin medalni qo‘lga kiritishdi.
Bugungi kundan o‘rin olgan barcha final bahslarida besh nafar bokschilarimiz yurtimiz sharafini himoya qiladi.
Kunduzgi dasturdagi final janglarini bokschimiz Hasanboy Do‘smatov mo‘g‘ulistonlik Gan-Erfene Gankxuyagga qarshi jang bilan boshlab berdi. 49 kg vazn toifasida ringga ko‘tarilgan o‘zbek o‘g‘loni ushbu qarama-qarshilikda yaqqol ustunlik bilan g‘alaba qozondi.
Mamlakatimiz mezbonlik qilayotgan Boks bo‘yicha Osiyo chempionati "FACEBOOK"dagi ushbu sahifada jonli efirda namoyish etilmoqda (Havola).
SPORTS.uz Axborot Portali muxbirlari Boks bo‘yicha Osiyo chempionatida qayd etilayotgan natijalarni tezkorlik bilan taqdim etish maqsadida O‘zbekiston Sport Majmuasida ish olib borishmoqda.
SPORTS.uz Axborot Portalidan uzoqlashmang.

Fikrlar