
Hasanboy Do‘smatovning 15 oltin medali
O‘zbekistonning 2016 yildagi eng kuchli sportchisi, jahonning eng zo‘r bokschisi, Osiyo chempionati va Olimpiya o‘yinlari g‘olibi Hasanboy Do‘stmatov o‘z faoliyatida ko‘plab chempionat va turnirlarda qolib chiqqan.
SPORTS.uz axborot portali dunyoning eng kuchli bokschisi nomiga sazovor bo‘lgan Hasanboy Do‘smatovning oltin medallarini sanab chiqdi.
2009 yil — Qozog‘istondagi F.Shonazarov xalqaro xotira turnirida 1- o‘rin.
2011 yil — Yoshlar o‘rtasida O‘zbekiston birinchiligida 1- o‘rin.
2012 yil — Ukrainadagi Makar Mazay turnirida 1-o‘rin.
2012 yil — Checheniston Respublikasi birinchi prezidenti A.Qodirov xotira turnirida 1-o‘rin.
2012 yil — O‘zbekiston chempionatida 1-o‘rin.
2013 yil — O‘zbekiston kubogida 1-o‘rin.
2013 yil — Rossiyadagi yozgi Universiadada 1-o‘rin.
2013 yil — O‘zbekiston chempionatida 1-o‘rin.
2013 yil — Qozog‘istondagi To‘rt millat turnirida 1-o‘rin
2013 yil — Ukrainadagi Nikolay Manger xotira turnirida 1-o‘rin
2014 yil — Checheniston Respublikasi birinchi prezidenti A.Qodirov xotira turnirida 1-o‘rin.
2014 yil — Toshkentda Sidney Jakson xotira turnirida 1-o‘rin.
2015 yil — Germaniyadagi Chemistry Cup xalqaro turnirida 1-o‘rin.
2015 yil— Tailanddagi Osiyo chempionatida 1-o‘rin.
2016 yil — Braziliyadagi Olimpiya o‘yinlarida 1-o‘rin.
Fikrlar