Hasanboyning raqibi zarbalarga dosh berolmadi (video)

  • 5 aprel, 2017, 21:53
  • 0
  • Boks
CHERY AUTO

Tailand poytaxti Bangkok shahrida yuqori nufuzli musobaqa - boks bo‘yicha "Qirol kubogi-2017" xalqaro turnirida ishtirok etayotgan O‘zbekiston terma jamoasi bokschilarining barchasi yarim final yo‘llanmasiga ega bo‘ldi.

Tecno
 

Bugun o‘tkazilgan janglarda barchaning e’tibori Olimpiya o‘yinlari chempioni, Vel Barker Kubogi sohibi va 2016 yilning dunyodagi eng yaxshi bokschisi Hasanboy Do‘smatovning uchrashuviga qaratildi.

49 kilogramm vazn toifasida ringga chiqqan Hasanboyning raqibi - filippinlik Palam Karlo hamyurtimizning zarbalaridan qochib qutila olmadi va o‘zbek bokschisi katta ustunlik bilan g‘alabaga erishdi.

Olimpiada chempioni Shahobiddin Zoirov ham joriy mavsumdagi dastlabki uchrashuvida Xitoy Taypeyi vakili Kao Shin Yen ustidan zafar quchdi.

Olimpiya o‘yinlari sovrindori Murodjon Ahmadaliev filippinlik Jeyms Palisteni, jahon chempionati bronza medali sohibi Elnur Abduraimov turkmanistonlik Zufar Saparboevni mag‘lubiyatga uchratdi.

Tezkor zarbaga ega bo‘lgan ikki bokschimiz - Isroil Madrimov Xitoy Taypeyi bokschisi Kan Chia Veyni, Shahram G‘iyosov hindistonlik Manoj Kumarni dog‘da qoldirdi.

O‘zbekiston terma jamoasining eng tajribali bokschisi - jahon chempionatlari sovrindori Jasurbek Latipov tailandlik Kritipak Duangnutga hech qanday imkoniyat qoldirmadi.

Musobaqaga oid eng so‘nggi xabar va yangiliklarni SPORTS.uz axborot portali orqali kuzatib boring!

 

 

SPORTS.uz

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!