Hayot o‘zgardi. «Milan» «Yuventus» futbolchisini ko‘zlamoqda
«Yuventus» yarim himoyachisi Xuan Kuadrado «Milan»ning ushbu transfer bozoridagi asosiy maqsadidir. Bu haqda italyan OAV xabar tarqatdi.
«Rossonerilar» bosh murabbiyi Vinchentso Montella 29 yoshli futbolchi orqali o‘ng qanotni kuchaytirishni maqsa qilgan.
«Milan» Suso bilan shartnomani uzaytirish borasida kelisha olmasa, kolumbiyalik futbolchini o‘z safiga qo‘shib olishga harakat qilib ko‘radi. Susoning «rossonerilar» bilan amaldagi shartnomasi esa 2019 yilda nihoyasiga etadi.
Kuadradoga «PSJ», «Arsenal» xamda «Valensiya» jamoalari ham qiziqish bildirmoqda.
Yakuniga etgan mavsumda Kuadrado A Seriyada 30 o‘yinda ishtirok etdi va ikkita gol kiritib, 6 golga assistentlik qildi.

Fikrlar