Humoyun Sultonov ham ikkinchi davrada

  • 24 yanvar, 2019, 09:40
  • 0
  • Tennis
Rossiyaning Qozon shahrida tennis bo‘yicha “Fyuchers” turkumiga kiruvchi turnirda uch nafar tennischimiz ikkinchi davraga yo‘l oldi.

Sovrin jamg‘armasi 25 000 AQSh dollar bo‘lgan turnirda iste’dodli tennischimiz Humoyun Sultonov birinchi davrada serbiyalik Boris Butulyaga qarshi kortga chiqdi va 7:6, 6:2 hisobida g‘alaba qozondi.

Endi H.Sultonov ikkinchi bosqichda rossiyalik Aleksandr Vasilenkoga qarshi kortga chiqadigan bo‘ldi. 

Eslatib o‘tamiz, mazkur musobaqada mamlakatimiz sharafini Sergey Fomin, Sanjar Fayziev va Humoyun Sultonov himoya qilmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!