Ibragimovich: Ushbu musobaqada maydonga tushganimdan boshlab Evropa ligasi Chempionlar ligasiga aylandi
Angliyaning “Manchester Yunayted” klubi hujumchisi Zlatan Ibragimovich kecha bo‘lib o‘tgan Evropa ligasining chorak finalidan o‘rin olgan “Anderlext”ga (1:1) qarshi o‘yindan so‘ng o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.
“Ushbu musobaqada maydonga tushganimdan boshlab Evropa ligasi Chempionlar ligasiga aylandi”, - deydi shvetsiyalik futbolchi.
Ma’lumot uchun, Ibragimovich joriy mavsum Evropa ligasida jami 10ta uchrashuvda ishtirok etgan va o‘z hisobiga 5ta gol hamda 3ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishgan.
Evropa ligasi: "Anderlext" o‘z maydonida "MYu" bilan durang o‘ynadi

Fikrlar