Ikki adash jahon chempionatida hammani engmoqda

CHERY AUTO
 
Rossiyaning Sochi shahrida shaxzmat bo‘yicha maktab o‘quvchilari o‘rtasida o‘tkazilayotgan jahon chempionatida O‘zbekiston terma jamoasi a’zolari ham muvaffaqiyatli ishtirok etmoqda.
 
Ayniqsa, etti yoshli o‘g‘il bolalar o‘rtasidagi musobaqada ikki adash - Humoyun Sindorov va Humoyun Begmurodov ketma-ket to‘rtta uchrashuvda raqiblarini mag‘lubiyatga uchratdi. Humoyun Sindorov chempionat o‘yinlarida o‘z hamyurti Shahrombek Karimov, rossiyalik David Ahmedov, qozog‘istonlik Ansar Sergazin va mezbonlar vakili Saveliy Morozovni taslim qildi.
 
Humoyun Begmurodov esa Shri-Lanka vakili Emal Dissanayake, qozog‘istonlik Odil Sotiboldi, hindistonlik Kush Bxagat va rossiyalik Lev Zverevga qarshi o‘tkazilgan partiyalarni o‘z foydasiga hal qildi.
 
O‘z tengqurlari o‘rtasida dastlabki ikki pog‘onani egallab turgan ushbu shaxmatchilarimiz beshinchi turda o‘zaro kuch sinashadi.
 
SPORTS.uz

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!