Ikki nafar hamyurtimiz oltin medal uchun kurashdan chiqdi

Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Frantsiya poytaxti Parij shahrida sport  kurashlari bo‘yicha Jahon chempionati davom etmoqda.

Musobaqaning bugungi kungi bahslarida ishtirok etayotgan hamyurtlarimiz dastlabki bellashuvlarda gilamga ko‘tarilishdi. Ulardan, faqatgina Nodirjon Safarov o‘z ishtirokini mag‘lubiyatsiz davom ettirmoqda.

Xususan, - 57 kilogrammda gilamga ko‘tarilgan polvonimiz saralash bosqichida ozarbayjonlik Mohir Safarov mag‘lub etgan bo‘lsa, -86 kilogramm vaznda Umidjon Ismanov va Yurieski Torreblanka o‘rtasidagi bahsda 3:3 hisobi qayd etildi. Ammo, hakamlar qaroriga ko‘ra, kubalik sportchi keyingi bosqichga yo‘l oldi.

Shuningdek, -125 kg vazn toifasidagi polvonimiz Davit Modzmanashvili eronlik Yadollah Mohebiga 3:2 hisobida imkoniyatni boy berib qo‘ydi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!