Ilhom Mo‘minjonov “Navbahor” bilan 2 yillik shartnoma imzoladi

  • 19 dekabr, 2016, 12:33
  • Isayev Bekzod
  • 0
  • Futbol
BEPUL PROPAN

Namanganning “Navbahor” klubi murabbiyi Ilhom Mo‘minjonov jamoa bilan 2 yillik shartnoma imzoladi.

Yakunlangan mavsum oxirlarida Namanganga kelgan Mo‘minjonov “lochinlar” boshqaruvida vaqtinchalik faoliyat olib borgan edi. Endi u jamoa bilan 2 yillik kelishuvga erishdi.

Eslatib o‘tamiz, Ilhom Mo‘minjonov “Navbahor”ga Odil Ahmedovning taklifiga binoan kelgan va o‘tish o‘yinida “Norin”ni mag‘lub etib jamoani Oliy Ligada olib qolishga erishdi.     

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!