Ilhom Mo‘minjonov: Odil Ahmedovning taklifiga binoan "Navbahor"ga kelgandim

  • 28 noyabr, 2016, 15:50
  • Isayev Bekzod
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Navbahor” – “Norin” o‘rtasidagi o‘tish o‘yinidan so‘ng tashkil etilgan matbuot anjumanining ikkinchi qismida “Navbahor” murabbiyi Ilhom Mo‘minjonov ishtirok etdi.

Tecno

- Men Odil Ahmedovning qo‘ng‘irog‘idan keyin “Navbahor”dagi vaziyatti o‘rganib chiqdim. Namangan viloyati hokimi bilan uchrashuv jamoani Oliy Ligada olib qolish uchun qo‘ldan kelgancha harakat qilishimiz kerakligini kelishib oldik.

Men “Navbahor” murabbiyligiga kelganimda vaziyat juda og‘ir edi. Lekin mana ko‘rib turibsiz klubni Oliy Ligada olib qoldik. Bundan barcha xursand. Buning uchun yordamchilarimga ham rahmat.  

Bunday qorli maydonda o‘yin o‘tkazish oson emas. Bu vaziyatda Birinchi Liga yoki Ikkinchi Liga ishtirokchisi sizga raqiblik qiladimi farqi yo‘q. Shu sharoitlarda har qanday hisob qayd etilishi mumkin. Shuning uchun men futbolchilarga bu bahs juda qiyin o‘tishini aytib o‘tgandim va amalda ham shunday bo‘ldi.

Stadion qordan tozalanmaganini kecha bilgandim. Shuning uchun futbolchilarni Qibraydagi qorli stadionda shug‘ullantirgandik. Qolaversa, bugungi bellashuvda bizga omad ham kulib boqdi. Men Namangan ahlini bugungi g‘alaba bilan tabriklayman.

Jamoada kelasi yili o‘zgarishlar bo‘ladi. Bu futbolchilar jamoada qolishadi. Asosiy e’tibor, baribir mahalliy o‘yinchilarga qaratiladi, - deydi "Navbahor" ustozi.   

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!