“Inter” 18 yoshli iqtidor egasi uchun 70 mln evrodan voz kechadi

  • 14 aprel, 2017, 10:35
  • 0
  • Futbol

 

Milanning “Inter” jamoasi rahbariyati “Monako” hujumchisi Kilian Mbappeni sotib olish uchun 70 mln evrodan voz kechishga tayyor, deb xabar bermoqda Tuttosport nashri.

Manbaning ta’kidlashicha, “Inter” vakillari “Monako” klubi rasmiylari bilan futbolchining transferi borasida muzokaralarni boshlab yuborgan.

Ma’lumot uchun, Mbappe ushbu mavsumda “Monako” safida 34 marta maydonga tushib, 21ta gol hamda 11ta golli uzatmaga mualliflik qilgan.

Bundan tashqari, frantsiyalik futbolchi EChL pley-off bosqichida 3 ta gol urgan 19 yoshdan kichik birinchi futbolchi sifatida qayd etildi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!