
“Inter” Verrattini sotib olish uchun xitoyliklar kabi pul sarflamoqchi
Frantsiyaning PSJ klubi yarim himoyachisi Marko Verratti faoliyatini Italiyada davom ettirishi mumkin. Bu haqda Calciomercato nashri xabar tarqatgan.
Manbaning ma’lum qilishicha, milanliklar mavsum yakunlangach Parijdan Marko Verrattini sotib olishmoqchi. “Inter” vakillari 24 yoshlik xavbek uchun 78 million evro berishga tayyorlar.
Shuningdek, Verratti uchun “Yuventus”, “Chelsi” va “Bavariya” klubilari ham nomzodlik qilishmoqda.
Ma’lumot o‘rnida, italyalik futbolchi bu mavsum Yarantsiya chempionatida 2 ta gol urgan va bir marta assistentlik qilishni uddalagan.
Fikrlar