
Ispaniya Kubogi. “Real” so‘nggi daqiqalarda “Sevilya”ni g‘alabadan mahrum qildi
Ispaniya Kubogi nimchorak final javob o‘yinida "Real" safarda "Sevilya" mehmoni bo‘ldi. Gollarga boy kechgan uchrashuvda madridliklar qiyinchilik bilan mag‘lubiyatdan saqlanib qoldi.
Dastlabki o‘yinda "Real" 3:0 hisobida andalusiyaliklarni mag‘lubiyatga uchratgandi. Bu safara jangovar 3:3 hisobi qayd etildi. O‘yin davomia ortda borayotgan madridliklar qo‘shimcha vaqtda Benzemaning goli evaziga mag‘lubiyatsiz seriyasini davom ettirdi va musobaqaning chorak finaligcha chiqdi.
Sevilya – Real Madrid 3:3
Gollar: 1:0 – 10, avtogol Danilo, 1:1 – 48 Asensio, 2:1 – 53 Yovetich, 3:1 – 77 Iborra, 3:2 – 83, penalti Ramos, 3:3 – 90(+3) Benzema.
Sevilya – Soriya, Merkado (Vitolo, 65), Rami, Langle, Eskudero, Sarabiya, Iborra, Korrea (Yovetich, 45), Kranevitter, Vetto (Nasri, 55), Ben-Yedder.
Real Madrid – Kasilya, Ramos, Danilo, Nacho, Marselo, Asensio, Kazemiro, Kroos, Vaskes (Karvaxal, 64), Dias (Kovachich, 58), Morata (Benzema, 76).
Ogohlantirishlar: Merkado (7), Vaskes (13), Iborra (62), Kovachich (63), Yovetich (72), Kasilya (72), Kazemiro (84), Marselo (88).
Dastlabki uchrashuv: 0:3
Fikrlar