
Ispaniya terma jamoasining Makedoniya va Kolumbiyaga qarshi tarkibi e’lon qilindi
Futbol bo‘yicha Ispaniya terma jamoasi bosh murabbiyi Xulen Lopetegi yaqinlashib kelayotgan Kolumbiyaga (7 iyun) qarshi o‘rtoqlik va JCh-2018 saralashi doirasida Makedoniyaga qarshi (11 iyun) uchrashuvlarga "qizi furiya" tarkibini e’lon qildi.
Quyida terma jamoaga chaqirilgan 25ta futbolchi bilan to‘liq tanishib chiqishingiz mumkin:
Darvozabonlar: Kepa Arrisabalaga («Atletik» B), David de Xea («Manchester Yunayted»), Pepe Reyna («Napoli»);
Himoyachilar: Xordi Alba, Xerard Pike, Serxi Roberto (barchasi — «Barselona»), Sesar Aspilikueta («Chelsi»), Daniel Karvaxal, Nacho, Serxio Ramos (barchasi – «Real»), Nacho Monreal («Arsenal»);
Yarim himoyachilar: Aser Ilyaramendi («Real Sosedad»), Serxio Buskets, Andres Inesta (ikkalasi – «Barselona»), Koke («Atletiko» M), Tyago Alkantara («Bavariya»), Isko, Marko Asensiso (ikkalasi «Real»), David Silva («Manchester Siti»).
Hujumchilar: Pedro Rodriges, Diego Kosta (ikkalasi — «Chelsi»), Vitolo («Sevilya»), Alvaro Morata («Real»), Xerard Deulofeu («Milan»), Yago Aspas («Selta»).
Fikrlar