
Isroil Madrimov ham mezbonlar vakiliga mag‘lub bo‘ldi
Rossiyaning Beloyarskiy shahrida davom etayotgan boks bo‘yicha “Neft mamlakatlari kubogi" navbatdagi final jangida hamyurtimiz Isroil Madrimov ringga ko‘tarildi.
75 kg vazn toifasida bokschimiz rossiyalik taniqli sportchi Andrey Kovalchuk bilan kuch sinashdi va mag‘lubiyatga uchradi.
Eslatib o‘tamiz, bundan oldin ikki nafar bokschimiz Hasanboy Do‘smatov (52 kg) va Iqboljon Xoldorov (64 kg) final janglarida ishtirok etdi.
Oldinda yana bir bokschimiz Sanjar Tursunov -91 kg vaznda oltin medal uchun ringga chiqadi.
Fikrlar